'UzProgress' asosiy varaqO`zbek modeli

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar va elchilar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

 

Bu saytda siz jahonga "O`zbek modeli" sifatida tanilgan taraqqiyot yo`li bilan tanishishingiz mumkin.

O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`z yo`li - O`zbek modeli:

Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish.

Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik, chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan.

Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik korxonalar va mini-zavodlarni ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz lozim.

O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning madaniyati va an'analarini unutmasligimiz zarur.

O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas.

Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz mumkin.

O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak.

Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz. Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta mustaqillikning bir belgisidir.

Ijtimoiy ong va ijtimoiy psixologiya masalasi. Odamlardagi Hamma narsa davlatniki degan aqidani, fikrni yo`qotishimiz, mulkdorlar sinfini shakllantirishimiz kerak. Odam o`z shaxsiy mulkiga baribir boshqacha munosabatda bo`ladi.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Chet davlatlar bilan qo`shma korxonalar ko`paymoqda. UzDEUavto, Mersedens-Bents, Coca-Cola, Sovplastital, Xorazm Maveraplast qo`shma korxonalari (qo`shma korxonalarni sanayversak, ular bir oz joyni egallaydi) fikrimiz dalilidir. Bular O`zbekistonga xalqaro hamjamiyatda ishonch baland ekanligini, O`zbek modeli o`zini oqlayotganligini ko`rsatmoqda.

(O`zbek modeli to`g`risidagi ma'lumotlar Narzulla Jo`rayevning Agar ogoh sen asaridan olindi)

 Tepaga

 

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov.'UzProgress' asosiy varaq

Web master: Umrbek & Shodlik

Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru

Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001

Хостинг от uCoz