'UzProgress' asosiy varaqIslohotlar

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar va elchilar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

 

O`zbek modeli    Bozor iqtisodiyotiga o`tishning 5 tamoyili
Ta'lim islohotlari    Lotin yozuviga o`tish

Sho`ro tuzumi davrida O`zbekiston iqtisodini izdan chiqarish, aholini qora mehnatga mahkum etish, uning boy o`tmish madaniyatidan ayirish maqsadida paxta yakkaxokimligiga zo`r bergan edi.

Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida O`zbekiston hech qachon mustaqil bo`la olmaydi, o`zi alohida taraqqiy qila olmaydi degan fikrlar mavjud edi. “Vek” gazetasining 1995 yil 21-27 iyul sonlarida bosilgan maqolada: “SSSR parchalanib ketganidan so`ng eng dahshatli voqea O`zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin bunday bo`lmadi. Karimov birorta ham xatoga yo`l qo`ymadi...” deyilgan edi.

Bu fikrlarga qarama-qarshi o`laroq mustaqillik yo`lida O`zbekiston hech kimnikiga o`xshamagan, o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borib, o`zinin o`nglab olishga erishdi. Mustaqillik yo`lidagi ulkan yutuqlarimizni xalqimiz haqli ravishda Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi, va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992 yildagi ma'ruzalarida aytib o`tgan edi. Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xom-ashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim.

(“O`zbekiston o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” asaridan)

Tepaga


O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`z yo`li - “O`zbek modeli”:

Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish.

Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik, chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan.

Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik korxonalar va mini-zavodlarni ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz lozim.

O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning madaniyati va an'analarini unutmasligimiz zarur.

O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas.

Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz mumkin.

O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak.

Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz. Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta — mustaqillikning bir belgisidir.

Ijtimoiy ong va ijtimoiy psixologiya masalasi. Odamlardagi “Hamma narsa davlatniki” degan aqidani, fikrni yo`qotishimiz, mulkdorlar sinfini shakllantirishimiz kerak. Odam o`z shaxsiy mulkiga baribir boshqacha munosabatda bo`ladi.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Chet davlatlar bilan qo`shma korxonalar ko`paymoqda. “UzDEUavto”, “Mersedens-Bents”, “Coca-Cola”, “Sovplastital”, “Xorazm Maveraplast” qo`shma korxonalari (qo`shma korxonalarni sanayversak, ular bir oz joyni egallaydi) fikrimiz dalilidir. Bular O`zbekistonga xalqaro hamjamiyatda ishonch baland ekanligini, “O`zbek modeli” o`zini oqlayotganligini ko`rsatmoqda.

(O`zbek modeli to`g`risidagi ma'lumotlar Narzulla Jo`rayevning “Agar ogoh sen…” asaridan olindi)

 Tepaga


Bozor iqtisodiga o`tishning 5 tamoyili:

1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi. Buning ma'nosi shuki, iqtisod hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi kerak, ham ichki, ham tashqi iqtisody munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.

2. O`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lmog`i lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo`nalishini belgilab berishi, o`zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o`tkazishi shart.

3. Qonun ustuvorligiga erishish - demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurnat qilishi va ularga itoat etishi lozim.

4. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko`rilishi lozim.

5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar O`zbekistonning mustaqil rivojlanish va tarqqiyot yo`liga asos qilib olindi.  

Tepaga


Ta'lim tizimidagi islohotlar.

Ta'lim tizimini takomillashtirish uchun 1992 yilda “Ta'lim to`g`risida” Qonun qabul qilindi. Bu Qonun talablaridan kelib chiqqan holda ta'limni isloh qilishda quyidagi tamoyillar asos qilib olindi:

- ta'lim-tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;

- ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;

- ta'limda umuminsoniy va milliy madaniy-ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi;

- millati, e'tiqodi, dinidan qat'iy nazar barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyati yaratilganligi;

- ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan xoliligi.

1992 yil 28 fevralda Prezident Farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Eng zamonaviy, muhim mutaxassisliklar bo`yicha oliy o`quv yurtlari tashkil etildi. Jumladan: Harbiy Akademiya, Ichki ishlar Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog`-konchilik instituti va h.k.

Har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalash, kmolga yetkazish maqsadida “Iste'dod” hayriya jamg`armasi, “Ulug`bek” iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi, “Kamolot” yoshlar jamg`armasi, “Umid” jamg`armasi kabi jamg`armalar tuzildi. Bu jamg`armalar ajratilgan grant hisobiga iqtidorli yoshlarni chet ellarda o`qishlari uchun imkoniyat yaratib bermoqdalar.

1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis “Ta'lim to`g`risida”gi yangi Qonun va “Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur” qabul qildi. O`zbekistonda 12 yillik majburiy ta'lim joriy etildi. 9-sinfni bitkazganlar akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlariga jalb qilinadigan bo`ldi.

“Ta'lim to`g`risida”gi Qonunga ko`ra ta'lim tizimini isloh qilish bosqichma-bosqich o`tkaziladi.

Birinchi bosqich o`tish davri bo`lib, u 1997-2001 yillarda davom etadi, ta'limning rivojlanishi uchun huquqiy-me'yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlar yaratiladi.

Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o`z ichiga oladi va milliy dastur to`liq amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo`ljallangan bo`lib, unda to`plangan tajribalarni tahlil qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimi yanada takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.

O`zbekistonda uzluksiz ta'lim quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- maktabgacha ta'lim;

- umumiy o`rta ta'lim;

- o`rta maxsus va kasb-hunar ta'limi;

- oliy ta'lim;

- oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim;

- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

- maktabdan tashqari ta'lim. 

Tepaga


 Lotin yozuviga ko`chish

O`zbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning o`rtalaridan O`zbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb e'lon qilindi. 1929-1930 o`quv yilidan O`zbekiston lotin yozuviga o`tdi va biz o`zbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

1940 yilda O`zbekistonda kirill yozuviga o`tildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oralig`ida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, o`quv adabiyotlardan uzilib qoldik.

1940 yildan 1991 yilgacha o`rta hisob bilan o`zbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga o`tishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon bo`ladi.

Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab o`tirishning hojati yo`q) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

Demak, O`zbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo`shilishi uchun lotin yozuviga o`tish maqsadga muvofiqdir. O`zbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005 yilda tugallanishi ko`zda tutilgan.

Tepaga

 

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov.'UzProgress' asosiy varaq

Web master: Umrbek & Shodlik

Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru

Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001

ХоÑтинг от uCoz