'UzProgress' asosiy varaqDiplomatik aloqalar

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar va elchilar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

 

Bu saytda Siz O`zbekiston bilan diplomatik aloqalar o`rnatgan davlatlar to`g`risida ma'lumotlar topasiz.


  1994 yil    1995 yil    1996 yil    1998 yil

1992 yil

2-yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalk Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

23-yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

26-yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Yaponiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

29-yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

19-fevral - O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

20-fevral - O`zbekiston va Saudiya Arabistoni podsholigi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

22-fevral - O`zbekiston Respublikasi va Isroil davlati o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

1-mart - O`zbekiston Respublikasi va Frantsiya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

4-mart - O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

18-mart - O`zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

20-mart - O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

Tepaga 1992 yil   1995 yil   1996 yil   1998 yil


1994 yil

24 may - Toshkentda Qozog`iston elchixonasi ochildi.

19 avgust - Moskvada O`zbekiston Respublikasi va Gruziya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

23 avgust - Moskvada O`zbekiston Respublikasi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

1 sentyabr - Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti Bonnda O`zbekiston Respublikasi elchixonasi (O`zbekistonning Yevropadagi birinchi elchixona) ochildi.

15 sentyabr - O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Chili Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi hujjat imzolandi.

16 sentyabr - O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Chad Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi hujjat imzolandi.

31 oktyabr - Albaniyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Arben Pandi TSitsi O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

Shu kuni Prezidentga ishonch yorliqlarini Iordan Xoshimiylar Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valid Majd as-Saad al-Bataknix hamda Isroil davlatining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Moshe Gets topshirdilar.

14 noyabr - Vatikan davlatining O`zbekistondagi vakili arxiepiskop Marian Olesh O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

30 noyabr - O`zbekistondagi Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi Mishel Adam Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

Shu kuni I.Karimovga Latviya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Andris Viltsane ham ishonch yorlig`ini topshirdi.

Tepaga 1992 yil   1994 yil   1996 yil   1998 yil


1995 yil

16 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Sloveniya Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

18 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Yugoslaviya Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

Yanvar - Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xalqaro Qizil xoch tashkilotining doimiy vakolatxonasi ochildi.

6 fevral - O`zbekiston Respublikasi va Xorvatiya Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

9 fevral - Qozog`iston poytaxti Olma-ota shahrida O`zbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi.

Fevral - Ashxabadda O`zbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi.

1 mart - Prezident I.Karimovga Moldova Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Nikolay Dudeu ishonch yorlig`ini topshirdi.

10 may - O`zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

28 iyun - Prezident I.Karimovga Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Barbari Logan Xey xonim ishonch yorlig`ini topshirdi.

24 iyul - Yunoniston Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kiriakos Rodusakis Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

12 sentyabr - Hindiston davlatining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Melkulangara Kumaran Bxadrakumar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Zambiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nchimuniya Djon Sikaulu ham Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

26 sentyabr - Shvetsiya Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sven Xirdman Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Frantsiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Jan Klod Rishar ham I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

2 oktyabr - Moskvadagi O`zbekiston elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon davlatlari o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi. Shu kuni O`zbekiston Respublikasi va Kambodja Qirolligi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

6 oktyabr - O`zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Ruminiya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi. Shu kuni O`zbekiston Respublikasi va Senegal Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

27 oktyabr - Moskvadagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

1 noyabr - Eron Islom Respublikasining respublikamizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Moxsen Pokayin O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

23 noyabr - Avstriya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valter Zigl O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Tojikiston Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tojiddin Mardonov ham Prezidentimizga ishonch yorlig`ini topshirdi.

27 dekabr - Italiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Iolanda Brunetti Goetts Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Indoneziyaning respublikamizdagi elchisi Soekadari Xongovongso ham Prezidentga ishonch yorlig`ini topshirdi.

Tepaga 1992 yil   1994 yil   1995 yil   1998 yil


1996 yil

23 yanvar - Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Reynxart Bindzail O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

11 aprel - Turkmanistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sultan Pirmuhamedov Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Bangladesh Xalq Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidxuja Shorjil Xasan Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Argentina Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Arnoldo Manuel Listre Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

3 may - Filippin Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Samuel Ramel Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Norvegiya Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Per Tresselt Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Qirg`iziston Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirali Sodiqov Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

7 may - Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) O`zbekiston Respublikasi Prezidentini O`zbekistonda intellektual mulk himoyachisi sifatida e'tirof etib, I.Karimovni Jahon intellektual mulk tashkiloti Oltin medali bilan taqdirlash haqida Qaror qabul qildi. I.Karimov jahon davlatlari orasida bu medal bilan taqdirlangan birinchi prezident bo`ldi.

16 may - O`zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risida Bayonnoma imzolandi.

21 may - Ruminiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Girbya prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. Shu kuni Yaman Arab Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ali Abdalla al-Buxayri prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

22 iyun - O`zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o`rtasida hamkorlik va sheriklik to`g`risida Shartnoma imzolandi.

23 iyun - Londondagi Bruney Sultonligi - Dorussalom elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Bruney Sultonligi - Dorussalom o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi hujjat imzolandi.

5 iyul - Toshkentda Germaniya “Daymler-Bents” kontsernining vakolatxonasi ochildi.

11 iyul - Malayziyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shaarani Bin Xoji Ibrohim O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

Tepaga 1992 yil   1994 yil   1995 yil   1996 yil


1998 yil

6 may - O`zbekiston Respublikasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotiga (OICA) a'zo bo`ldi.

 

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar Davlat ramzlari