'UzProgress' asosiy varaqSolnoma

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar va elchilar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

 

Bu saytda Siz O`zbekiston Respublikasining hayotida ro`y bergan muhim voqealar bilan, ularning sanalari bilan tanishishingiz mumkin.

1991    1992     1993    1994     1995    1996     1997    1998

1991 yil

31 avgust - O`zbekiston SSR Oliy Soveti respublikaning davlat mustaqilligini e’lon qildi va o`z qarori bilan O`zbekiston SSR nomini O`zbekiston Respublikasi deb o`zgartirdi hamda 1 sentabr kunini Mustaqillik bayrami maqomida ta’sis etdi.

1 sentabr - O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami.

5 sentabr - Toshkent shahridagi V.I.Lenin nomidagi maydonning nomini Mustaqillik maydoni qilib o`zgartirish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

6 sentabr - Prezidentning O`zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to`g`risida Farmoni.

14 sentabr - Toshkentda O`zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi XXIII favqulodda s’ezdi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonning KPSS a’zoligidan shiqishi haqidagi ariza qabul qilindi vayangi siyosiy birlashma - O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasini tuzish zarurligi ta’kidlandi.

24 sentabr - Toshkentda o`zbeklar (turkistonliklar)ning birinshi xalqaro anjumani bo`lib o`tdi. Bu anjumanda AQSH, Germaniya, Afg`oniston, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya, Turkiya, Avstraliya, O`rta Osiyo va Qozog`istonda istiqomat qiladigan vatandoshlarimiz ishtirok etishdi.

26 sentabr - Prezidentning KGB tashkilotini tugatish va Prezidentga bo`ysunuvshi O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tashkil etish to`g`risidagi Farmoni.

30 sentabr - O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi “Inson xuquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasi”ni ratifikatsiya qildi. SHet eldayashayotgan vatandoshlarimiz va ularning respublikamiz hayotidayanada faolroq ishtirok etishi to`g`risidagi masala muhokama qilindi.

1 noyabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimida ishlay boshladi.

- O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi tashkil topdi. Partiya raisi qilib I.A.Karimov saylandi.

18 noyabr - Oliy Kengashning “O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida”gi Qonunni kuchga kiritish haqidagi Qarori.

21 noyabr - Almatida O`zbekiston hamda boshqa ittifoqdosh respublikalar: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Moldova, Qozog`iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Ukraina Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH)ni tuzish to`g`risida deklaratsiyani imzoladilar.

9 dekabr - O`zbekiston, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda, Turkmaniston hududida Tajan-Saraxs oralig`idagi temiryo`lning qurilishida hamkorlik qilish to`g`risidagi SHartnomani imzoladi.

29 dekabr - Respublikaning mustaqilligi masalasi bo`yisa referendum va O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo`lib o`tdi. Xalq o`z taqdirini tanladi: O`zbekiston - mustaqil va Prezidenti - Islom Karimov.

Tepaga

1992 yil

2 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalk Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

23 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o`rtasida o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

26 yanvar - O`zbekiston Respublikasi vayaponiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

28 yanvar - “O`zbekiston Havo Yo`llari” Milliy aviakompaniyasini tashkil etish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

29 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

30 yanvar - Pragada tashqi ishlar vazirlari majlisida O`zbekiston Respublikasiyevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (EXHK)ga qabul qilindi.

2 fevral - Prezident I.Karimov Davos shahridagi (SHveytsariya) Butundunyo iqtisodiy forumida qatnashdi va nutq so`zladi.

10 fevral - Prezdentning O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va mulkni xususiylashtirish qo`mitasi ta’sis etish to`g`risidagi Farmoni.

16-17 fevral - O`zbekiston Respublikasi IHTga (Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga) a’zo bo`ldi.

18 fevral - Prezidentning O`zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat komitetini tashkil etish to`g`risidagi Farmoni.

19 fevral - O`zbekiston va Amerika Qo`shma SHtatlari o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

20 fevral - O`zbekiston va Saudiya Arabistoni podsholigi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

21 fevral - Prezidentning O`zbekiston Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risidagi Farmoni.

22 fevral - O`zbekiston Respublikasi va Isroil davlati o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

- Prezident I.A.Karimov Xelsinkida O`zbekiston Respublikasi nomidan Ovrupoda Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashiningyakunlovsi aktiga imzo chekdi.

1 mart - O`zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

2 mart - O`zbekiston Respublikasi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo`ldi.

- Namangan tumani Mingbuloq qishlog`iyaqinida qazish ishlari vaqtida 5 ming 237 metr chuqurlikdan neftning katta zahiraga ega bo`lgan koni topildi.

4 mart - O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

10 mart - Bryusseldagi SHimoliy Atlantika birlashmasi Sovetining favqulodda yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi shu birlashma a’zoligiga qabul qilindi.

16 mart - Toshkentda AQSH ning O`zbekistondagi elchixonasi ochilich marosimi bo`lib o`tdi. Bu O`zbekistonda chet mamlakatlar ochgan birinchi elchixona edi.

18 mart - O`zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

20 mart - O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.

23 mart - O`zbekiston Respublikasi Xalqaro Olimpiya komitetiga a’zo bo`ldi.

27 mart - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Ro`za hayiti va Qurbon hayiti kunlarini dam olish kuni deb e’lon qilish to`g`risidagi Farmoni.

31 mart - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi qoshida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etish to`g`risidagi Farmoni.

30 aprel - O`zbekiston Respublikasi Ovrupo ta’mirlash va taraqqiyot banki (OTTB)ga a’zo etib qabul qilindi.

23 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navro`z” xayriya jamg`armasini tashkil etish to`g`risidagi Farmoni.

24 may - “Vatan taraqqiyoti” partiyasi tashkil topdi.

28 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Qizilyarim oy jamiyati to`g`risida”gi Farmoni.

28 iyun - Toshkentda Pokiston Islom Respublikasi elchixonasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

2 iyul - “O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida”gi Qaror qabul qilindi.

- “O`zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to`g`risida”gi Qonun.

27 iyul - “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasini tashkil qilish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

20 avgust - Prezidentning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Jahon muammolari instituti tashkil etish to`g`risidagi Farmoni.

24 avgust - Toshkentda Janubiy Koreyaning “DEU” va O`zbekistonning “Avtoselxozmash” Davlat konserni o`rtasida Andijon viloyati Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan avtomobil zavodi qurish to`g`risidagi shartnoma imzolandi.

1 sentabr - O`zbekiston Respublikasi Qo`shilmaslik harakatiga a’zo bo`ldi.

7-12 sentabr - SHvetsiya poytaxti Stokgolmda Parlamentlararo ittifoqning 88 konferensiyasi bo`lib o`tdi. Bu konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti ham ishtirok etdi va O`zbekiston bu tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.

23 sentabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to`g`risidagi Farmoni.

21 oktabr - O`zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondi (XVF)ga a’zo bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB)ga a’zo bo`ldi.

16 noyabr - Toshkentda BMT vakilligini ochish to`g`risidagi BMT va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida bitim imzolandi.

8 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi va o`z qarori bilan shu kunni umumxalq bayrami deb e’lon qildi.

10 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini tasdiqladi.

16 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga Koxira “Al-Axzar” universitetining faxriy doktori unvoni berildi. Bu unvon I.Karimovga islom dinini himoya qilish va diniy oliy o`quv yurtlari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi. 

Tepaga

1993 yil

1 yanvar - Bu vaqtga kelib O`zbekiston mustaqilligini 125 davlat tan oldi, 66 ta chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar o`rnatildi.

4 yanvar - Toshkentda beshta mustaqil davlatlarning (O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston)yangi mintaqaviy hamdo`stligi - Markaziy Osiyo Hamdo`stligiga asos solindi.

22 yanvar - O`zbekiston Respublikasi Butundunyo Meteorologik birlashmasi a’zoligiga qabul qilindi.

5 fevral - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlariga abiturientlarni test sinovlari asosida qabul qilish to`g`risida”gi

4 mart - O`zbekiston Respublikasining “Sog`lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi va bu to`g`rida Qonun qabul qilindi.

30 mart - Toshkentda Germaniya elchixonasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

23 aprel - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sog`lom avlod uchun” xalqaro nodavlat hayr-ehson jamg`armasini tashkil etish to`g`risida Farmon chiqardi va shu to`g`rida Qonun e’lon qilindi.

Aprel oyi Toshkent va Berlin shaharlari birordar shahar deb e’lon qilindi.

4 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijodiy yoshlarning “Iste’dod” jamg`armasi to`g`risida”gi Farmoni.

6-7 may - Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-chaqiriq XII sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu sessiyada “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasi pul tizimi to`g`risida”, “Sog`lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to`g`risida”, “Informatizatsiya to`g`risida” qonunlar qabul qilindi.

5 iyun - Toshkentda Markaziy Osiyo Akademiyasi tashkil qilindi.

18 iyun - Prezident SHveytsariyada bo`lib o`tgan Xalqaro iqtisodiy uyushmaning IV sessiyasida qatnashdi.

Iyun - Prezident I.Karimov o`zbek-amerika munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasi uchun Nyu-Jersi shtatining faxriy fuqarosi etib saylandi.

- Toshkent radioelektron apparatlar zavodi “Semurg`” o`zbek-hind televizorlarining birinchi partiyasini ishlab chiqardi.

20 iyul - BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xolid Bashir Malik Prezidentga ishonch yorlig`ini topshirdi.

Avgust - Nyu-Yorkda bo`lib o`tgan taekvondo xalqaro turnirida O`zbekiston terma komandasi maxsus “YUqori jangovar ruh” sovriniga sazovor bo`ldi. O`zbekiston Taekvondo Assotsiatsiyasi Jahon Taekvondo Federatsiyasiga (WTF) qabul qilindi.

12 sentabr - “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini muomalaga kiritish to`g`risida”gi Qonun.

28 sentabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida qatnashdi va nutq so`zladi.

Sentabr - Toshkentda O`zbekistonda birinchi “Mustaqillik” xalqaro kutubxonasining ochilish marosimi bo`ldi. Kutubxona fondida 20 ming jild kitob va 10 ming nusxa ingliz tilidagi jurnallar bor.

- Toshkentda O`zbekiston tarixida birinchi marta Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.

- O`zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

24 oktabr - O`zbekiston Respublikasida BMTning birinchi vakolatxonasi ochildi.

26 oktabr - O`zbekiston Respublikasi BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti - UNESCO ga a’zo bo`ldi.

2-7 noyabr - Toshkentda “Kompyuter - Markaziy Osiyo-93” texnologik ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Unda kopyuter texnikasi ishlab chiqaradigan 30 dan ortiq firmalar, shuningdek Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur firmalari ishtirok etishdi.

3 noyabr - Xorazm viloyati Xazorasp tumanida shakar ishlab chiqaruvchi o`zbek-turk qo`shma korxonasi poydevoriga birinchi g`isht qo`yildi.

16 dekabr - Prezident I.Karimovning tanlanma asarlari to`plami koreys tilida Seulda chop etilganligi haqida matbuotda e’lon qilindi.

29 dekabr - Har yili 14yanvar kunini Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qonun qabul qildi. 

Tepaga

1994 yil

10 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasidayagona iqtisodiy makon barpo etish to`g`risida SHartnoma imzolandi.

11 yanvar - Nukus shahrida Rossiya delegatsiyasi ishtirokida Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining Orol dengizi muammolari bo`yicha konferensiyasi bo`lib o`tdi.

16 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasidayagona iqtisodiy makon barpo etish to`g`risida SHartnoma imzolandi.

4 fevral - O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo`lib Avtomobil transporti xalqaro ittifoqiga a’zo bo`ldi.

Fevral - Toshkentda iqtisodiy hamkorlik bo`yicha o`zbek-yapon qo`mitasi tuzildi.

12 mart - Mexiko shahrida “Uzelektroapparat” korxonasi xodimlariga a’lo sifatli mahsulotlari uchun “Sifat uchun xalqaro billur yulduz” mukofotiga sazovor bo`ldilar.

19 mart - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “1994 yilni Mirzo Ulug`bek yili deb atash to`g`risida”gi Farmoni.

27 mart - Toshkentda “Koka-Kola” ichimligi ishlab chiqaradigan qo`shma korxona - “Koka-kola ichimligi Toshkent Ltd” korxonasi ochildi.

12-13 aprel - Toshkentda “Test sinovlari va talabalar bilimini baxolashning reyting usuli” mavzusida birinchi ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi.

13 aprel - Prezident I.Karimov Xalqaro Olimpiya Qo`mitasining Xuan Antonio Samaranch boshliq delegatsiyasini qabul qildi.

18 aprel - Madrid shahrida “Uzelektroapparat” korxonasiga mahsulot sifati uchun xalqaro mukofot - “Evropa oltin yulduz arkasi”ni topshirish marosimi bo`ib o`tdi.

23 aprel - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining respublikada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini ta’sis etish to`g`risida Farmoni.

5-6 may - Toshkentda Oliy Kengashning XV sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Qahramoni” oliy unvoni, “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do`stlik” ordenlari, “Jasorat” va “SHuxrat” medallari ta’sis etildi.

5 may - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga mustaqil O`zbekiston davlatini barpo etishda, insonparvar, demokratik, xuquqiy davlat qurishda ko`rsatgan matonat va mardligi uchun “O`zbekiston Qahramoni” oliy unvonini berish to`g`risidagi Qarori.

24 may - Toshkentda Qozog`iston elchixonasi ochildi.

28 may - “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar omborini xuquqiy himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilindi.

May - O`zbekiston futbol Federatsiyasi Futbol Federatsiyalari Xalqaro Assotsiatsiyasining haqiqiy a’zosiga aylandi.

16 iyun - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasini muomalaga kiritish to`g`risida”gi Farmoni.

1 iyul - O`zbekistonda milliy valyuta - so`m muomalaga kiritildi.

18 iyul - Toshkentda Xalqlar Do`stligi saroyida Germaniyaning Konrad Adenauer fondi taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu taqdimot fondning O`rta Osiyo davlatlari - O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`izistondagi faoliyati boshlangani munosabati bilan uyushtirildi.

Iyul - Toshkentda K.Adenauer fondining Markaziy Osiyo mintaqaviy bo`limi ishga tushdi.

15 avgust - Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kunhlar Akademiyasi tashkil etish to`g`risidagi Qarori chiqdi.

19 avgust - Moskvada O`zbekiston Respublikasi va Gruziya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

23 avgust - Moskvada O`zbekiston Respublikasi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

Avgust - Toshkentda O`zbekistonda birinchi supermarket ochildi.

1 sentabr - Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti Bonnda O`zbekiston Respublikasi elchixonasi (O`zbekistonningyevropadagi birinchi elchixona) ochildi.

2 sentabr - Toshkentda Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi tashkil qilindi.

15 sentabr - O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va CHili Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi hujjat imzolandi.

16 sentabr - O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va CHad Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi hujjat imzolandi.

Sentabr - Toshkentda Hamdo`stlik davlatlaridan birinchi bo`libyevropa hamdo`stligi TASIS dasturining Amaliy aloqalar markazi ochildi. Bu markaz faoliyati O`zbekistonda kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan.

13 oktabr - Toshkentda Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligiga bag`ishlangan “Mirzo Ulug`bek va uning jahon taraqqiyotiga qo`shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ish boshladi.

14 oktabr - O`zbekiston Respublikasi xalqaro politsiya - Interpol tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi.

18-19 oktabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Istanbul shahrida turkiyzabon davlatlar rahbarlarining uchrashuvida qatnashdi.

24 oktabr - Parijda, UNESCO majlislar zalida “Ulug`bek va buyuk Temuriylar davri” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi.

31 oktabr - Albaniyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Arben Pandi TSitsi O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

SHu kuni Prezidentga ishonch yorliqlarini Iordan Xoshimiylar Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valid Majd as-Saad al-Bataknix hamda Isroil davlatining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Moshe Gets topshirdilar.

7 noyabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik temiryo`l kompaniyasini tuzish to`g`risidagi Farmoni.

14 noyabr - Vatikan davlatining O`zbekistondagi vakili arxiepiskop Marian Olesh O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

15 noyabr - bu kundan boshlab O`zbekistonning milliy valyutasi - so`m mamlakat hududidayagona to`lov vositasi bo`lib qoldi.

23 noyabr - Orolbo`yida eng yirik Ellikqal’a to`quv kombinati - “Elteks” ishga tushdi.

30 noyabr - O`zbekistondagi Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi Mishel Adam Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

SHu kuni I.Karimovga Latviya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Andris Vilsane ham ishonch yorlig`ini topshirdi.

15 dekabr - SHanxayda Toshkent va SHanxayni birodarlashgan shaharlar deb e’lon qilingan bitim imzolandi.

24 dekabr - barcha 250 saylov okruglarida O`zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisga birinchi marta ko`ppartiyaviylik asosida saylovlarning birinchi bosqichi bo`lib o`tdi.

29 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to`g`risida”gi Farmoni.

Tepaga

1995 yil

1 yanvar - O`zbekiston Respublikasidayangi pasport amalga kiritildi.

16 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va Sloveniya Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

18 yanvar - O`zbekiston Respublikasi va YUgoslaviya Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

Yanvar - Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Xalqaro Qizil xoch tashkilotining doimiy vakolatxonasi ochildi.

6 fevral - O`zbekiston Respublikasi va Xorvatiya Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

9 fevral - Qozog`iston poytaxti Olma-ota shahrida O`zbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi.

18 fevral - O`zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashkil topdi.

Fevral - Ashxabadda O`zbekiston Respublikasi elchixonasi ochildi.

1 mart - Prezident I.Karimovga Moldova Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Nikolay Dudeu ishonch yorlig`ini topshirdi.

3 mart - Prezident I.Karimov Toshovuz shahrida bo`lib o`tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Orol dengizi muammolariga bag`ishlangan anjumanida ishtirok etdi.

26 mart - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha davom ettirish to`g`risida umumxalq referendumi bo`lib o`tdi.

29 mart - Prezident I.Karimovga prezidentlik vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha davom ettirish to`g`risidagi guvohnoma topshirildi.

19 aprel - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tashkil etish to`g`risidagi Prezident I.Karimovning Farmoni.

1 may - Prezidentning O`zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Kengashi to`g`risidagi Farmoni.

6 may - “Lotin grafikasiga asoslangan o`zbek alifbosini muomalaga kiritish to`g`risida”gi Qonunga o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

6 may - O`zbekiston-Amerika “Zarafshon-Nyumont” qo`shma korxonasi ishga tushdi.

10 may - O`zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi.

27 may - “Xalq birligi” jamoatchilik harakati tashkil etildi.

3 iyun - O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashkil etildi.

28 iyun - Prezident I.Karimovga Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Barbari Logan Xey xonim ishonch yorlig`ini topshirdi.

21 iyul - Prezident Farmoni bilan avgust oyining uchinchi yakshanbasi “O`zbekiston Respublikasi havo floti kuni” sifatida bayram qilinadigan bo`ldi.

24 iyul - YUnoniston Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kiriakos Rodusakis Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

26 iyul - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash Fondi (Biznes-fond) tuzish to`g`risida”gi Farmoni.

26-27 avgust - UNESCO ning rahbari Federiko Mayor Samarqand, Urganch, Xiva va Buxoro shaharlarida bo`ldi. 27 avgust kuni Xiva shahridagi Nurullaboy tarixiy majmuasida Federiko Mayorga “Xiva shahrining faxriy fuqarosi” yorlig`i topshirildi.

30 avgust - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Mehnat shuhrati” va “SHon-sharaf” ordenlarining ta’sis etilishi to`g`risidagi Qarori.

31 avgust - Avgust oyining uchinchi yakshanbasini “O`zbekiston Respublikasi havo floti kuni” sifatida bayram qilish to`g`risidagi Qonun qabul qilindi.

2 sentabr - Toshkentda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tashkil etildi.

12 sentabr - Hindiston davlatining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Melkulangara Kumaran Bxadrakumar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Zambiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nshimuniya Djon Sikaulu ham Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

15-16 sentabr - Toshkentda Markaziy Osiyoda havfsizlik va hamkorlik mavzusida anjuman-seminar bo`lib o`tdi.

18-20 sentabr - Nukusda Orolbo`yi davlatlarining rivojlanishi mavzusiga bag`ishlangan xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. BMT homiyligida o`tkazilgan bu anjumanda ko`pgina Amerika,yevropa, Osiyo davlatlari ishtirok etdilar.

26 sentabr - SHvetsiya Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sven Xirdman Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Frantsiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Jan Klod Rishar ham I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

2 oktabr - Moskvadagi O`zbekiston elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon davlatlari o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi. SHu kuni O`zbekiston Respublikasi va Kambodja Qirolligi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

3 oktabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

6 oktabr - O`zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Ruminiya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi. SHu kuni O`zbekiston Respublikasi va Senegal Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

18-20 oktabr - Kartaxena shahrida (Kolumbiya) Qo`shilmaslik harakatiga a’zo davlatlarning XI anjumani bo`lib o`tdi. Bu anjumanda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

21-28 oktabr - Samarqandda shaharning 2525 yilligiga bag`ishlangan shahar kunlari o`tkazildi.

22-24 oktabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida qatnashib, nutq so`zladi.

27 oktabr - Moskvadagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Armaniston Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi Bayonnoma imzolandi.

29 oktabr - Pokiston poytaxi - Islomobodda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobining taqdimoti bo`lib o`tdi.

1 noyabr - Eron Islom Respublikasining respublikamizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Moxsen Pokayin O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

23 noyabr - Avstriya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Valter Zigl O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Tojikiston Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tojiddin Mardonov ham Prezidentimizga ishonch yorlig`ini topshirdi.

Oktabr-noyabr - UNESCO ning 28-assambleyasida Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyi xalqaro miqyosda nishonlanishi to`g`risida qaror qabul qilindi.

5 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligiga bag`ishlangan “O`zbekiston - Vatanim manim” respublika ko`rik-tanlovini o`tkazish to`g`risida”gi Farmoni.

21 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonunini (yangi tahrirda) tasdiqladi.

26 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “1996 yilni “Amir Temur yili” deb e’lon qilish to`g`risida”gi Farmoni.

27 dekabr - Italiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Iolanda Brunetti Goets Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Indoneziyaning respublikamizdagi elchisi Soekadari Xongovongso ham Prezidentga ishonch yorlig`ini topshirdi. 

Tepaga

1996 yil

3 yanvar - Vazirlar Mahkamasi “Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash to`g`risida” Qaror qabul qildi. SHu kuni Vazirlar Mahkamasi “Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash to`g`risida” Qaror qabul qildi.

9 yanvar - O`zbekistonda ma’lumotlar yuborish va qabul qilish bo`yinha kompyuter aloqa tizimi “Uzpak” ishga tushdi. Bu tizim barcha viloyat markazlarini Toshkent markaziy telegrafida turgan asosiy stansiyaga uladi. “Uzpak” tizimi Aloqa Vazirligi, “Uztelekom” konserni va turk-kanada firmasi “Netash” hamkorligidayaratildi.

23 yanvar - Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Reynxart Bindzail O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

25 yanvar - Parijda Temuriylar davri tarixi va san’atini o`rganish Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Temuriylar tarixi va Buyuk Ipak yo`liga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tdi.

25 yanvar - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Kaliforniya Fan, ta’lim, ishlab chiqarish va san’at xalqaro Akademiyasining faxriy a’zosi etib saylandi. Bu unvon Prezidentimizga O`zbekistonda tinchlikni saqlash va millatlararo kelishmovshiliklarni bartaraf etishdagi ko`rsatgan xizmatlari uchun berildi.

6 fevral - Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo`mitasining qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga tantanali ravishda Olimpiya oltin ordeni topshirildi.

9 fevral - Toshkentda “Ofarin-96” respublika estrada qo`shiqlari festivali nihoyasigayetdi.

22 fevral - Buxoro shahrini dunyoviy madaniyat durdonalari bo`lgan shaharlar ro`yxatiga qo`shish va UNESCO himoyasiga olish to`g`risidagi UNESCO tashkilotining Qarori.

12 mart - Prezident I.Karimovning “Tovar ishlab chiqaruvnhilar va tadbirkorlar palatasini ta’sis etish to`g`risida”gi Farmoni.

12 mart - Aloqa vazirligida “Bi-bi-si” ko`rsatuvlarini O`zbekistonga translyatsiya qilish to`g`risida bitim imzolandi.

14 mart - Vazirlar Mahkamasining “Toshkentda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Temuriylar tarixi Davlat muzeyini tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to`g`risida”gi Qarori.

16 mart - Asakadagi “UzDEUavto” qo`shma korxonasida avtomobillarning dastlabki sinov nusxalari chiqa boshladi.

20 mart - Venada Germaniyalik olim-xuquqshunos L.Levitin va BMT konsultanti, Garvard universiteti professori D.Karlaylning ingliz, nemis va rus tillarida chop etilgan “Islom Karimov -yangi O`zbekiston Prezidenti” kitobining taqdimoti bo`lib o`tdi.

25 mart - Asakada “Damas” mikroavtobuslarini ishlab nhiqarish yo`lga qo`yildi.

11 aprel - Turkmanistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elnhisi Sultan Pirmuhamedov Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Bangladesh Xalq Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidxuja SHorjil Xasan Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Argentina Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Arnoldo Manuel Listre Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

17 aprel - Prezident I.Karimovning “O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar jamg`armasi to`g`risida”gi Farmoni.

17 aprel - Samarqandga kelgan “British Ameriken tobakko” kompaniyasi vakillariyangi qurilayotgan tamaki fabrikasining qurilishi boshlanishida ishtirok etishdi.

19 aprel - Toshkentda O`zbekiston Respublikasi YOshlarning “Kamolot” jamg`armasi ta’sis anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda jamg`armaning Nizomi qabul qilindi, boshqaruv organlari saylandi.

20 aprel - Toshkentda Turkiston saroyidayangi o`zbek-britaniya “UzBAT” tamaki mahsulotlari aksiyadorlik jamiyatining “Xon” filtrli sigaretlari taqdimoti bo`lib o`tdi.

26 aprel - “Amir Temur” ordenini ta’sis etish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonuni qabul qilindi.

30 aprel - Olma-otada Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston Respublikalari tashqi ishlar vazirliklarining navbatdagi kengashi bo`lib o`tdi. Unda Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston harbiy xizmatchilaridan BMT homiyligidagi “Sentrazbat” tinchlikparvar batalonini tuzishga qaror qilindi.

3 may - Filippin Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Samuel Ramel Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Norvegiya Qirolligining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Per Tresselt Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Qirg`iziston Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirali Sodiqov Prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

7 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Radio va televideniening jamiyat rivojidagi rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni. Bu Farmonga muvofiq O`zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi joylarda mintaqaviy bo`limlariga ega bo`lgan O`zbekiston Teleradiokompaniyasiga aylantirildi (Uzteleradio).

7 may - Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) O`zbekiston Respublikasi Prezidentini O`zbekistonda intellektual mulk himoyachisi sifatida e’tirof etib, I.Karimovni Jahon intellektual mulk tashkiloti Oltin medali bilan taqdirlash haqida Qaror qabul qildi. I.Karimov jahon davlatlari orasida bu medal bilan taqdirlangan birinchi prezident bo`ldi.

13 may - Prezident I.Karimov Erondagi Mashhad shahrida Mashhad-Saraxs-Tajan temir yo`lining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu yo`l O`rta Osiyo davlatlarini Fors ko`rfazi bilan bog`laydigan engyaqin yo`l bo`ldi.

16 may - O`zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risida Bayonnoma imzolandi.

21 may - Ruminiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Girbya prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi. SHu kuni Yaman Arab Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ali Abdalla al-Buxayri prezident I.Karimovga ishonch yorlig`ini topshirdi.

21 may - I.Karimovning “O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” kitobi bosmadan chiqdi.

22 may - I.Karimovning “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” kitobi nashr etildi.

22 may - I.Karimovning “Bunyodkorlik yo`lidan” kitobi chiqdi.

22 may - Toshkentda kompyuter texnologiyasi bo`yicha dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri - IBM kompaniyasining vakolatxonasi ochildi.

23 may - I.Karimovning “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” kitobi nashr etildi.

27-28 may - Baku universitetida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga tantanali tarzda Baku universitetining faxriy doktori unvoni berildi.

29 may - Mamlakatimizda mehmon bo`lib turgan Jahon intellektual mulk tashkiloti rahbari Arpad Bogsh O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov bilan uchrashib, uni JIMT ning 7 maydagi I.Karimovni Oltin medal bilan taqdirlash haqidagi qarori bilan tanishtirdi va bu medalni I.Karimovga topshirdi.

May - Namanganda Amir Temurning 660 yillik yubileyiga bag`ishlangan Temur merosini o`rganish bo`yicha xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo`lib o`tdi.

12 iyun - Tashqi aloqalar milliy bankidayevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil qilinayotganyangi - “Abn-Amro bank” bankining ta’sis hujjatlarini imzolash marosimi bo`lib o`tdi.

19 iyun - Asakadagi “UzDEUavto” avtomobil zavodi “Tiko”yengil avtomobillarini ishlab nhiqara boshladi.

22 iyun - O`zbekiston Respublikasi vayevropa Ittifoqi o`rtasida hamkorlik va sheriklik to`g`risida SHartnoma imzolandi.

23 iyun - Londondagi Bruney Sultonligi - Dorussalom elchixonasida O`zbekiston Respublikasi va Bruney Sultonligi - Dorussalom o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatish to`g`risidagi hujjat imzolandi.

25 iyun - “UzDEUavto” qo`shma korxonasida “Neksiya” avtomobillarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

Iyun - “Koch Xolding” turk konserni bilan “Uzavtosanot” O`zbekiston avtomobilsozlar assotsiatsiyasi o`rtasida Samarqanddagi “AvtoVAZagregat” zavodi asosida “SamKOCHavto” o`rta sig`imdagi avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarish bo`yicha o`zbek-turk qo`shma korxonasini barpo etish to`g`risida hujjat imzolandi.

5 iyul - Toshkentda Germaniya “Daymler-Bens” konsernining vakolatxonasi ochildi.

11 iyul - Malayziyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi SHaarani Bin Xoji Ibrohim O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirdi.

16 iyul - Prezident I.Karimovning “DEU” korporatsiyasi rahbari Kim U Junni “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlash to`g`risidagi Farmoni.

16 iyul - Prezident I.Karimovning “DEU” korporatsiyasi prezidenti va “UzDEUavto” kompaniyasi raisi Li Kvan Kini “SHuhrat” medali bilan taqdirlash to`g`risidagi Farmoni.

19 iyul - Asakadagi avtomobil zavodining xalqaro taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.

27 avgust - “O`zbekiston - Vatanim manim” qo`shiq bayramini o`tkazish to`g`risida”gi Farmoni chiqdi. Bu Farmon bilan har yili avgustning uchinchi yakshanbasi “O`zbekiston - Vatanim manim” qushiq bayrami kuni deb e’lon qilindi.

28 avgust - Prezident I.Karimovning “Samarqand shahrini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash to`g`risida”gi Farmoni.

28 avgust - Prezident I.Karimovning “SHahrisabz shahrini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash to`g`risida”gi Farmoni.

29 avgust - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovni “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlash to`g`risida”gi Qarori.

29 avgust - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini ta’sis etish to`g`risidagi Qarori.

29 avgust - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olimpiya harakatini rivojlantirish, davlatlararo munosabatlar, halqlar orasida tinchlik va do`stlikni mustahkamlash hamda O`zbekiston sportini rivojlantirish va o`zbek sportchilarining jahon miqyosiga chiqishida ko`rsatgan xizmatlari uchun Xalqaro Olimpiya qo`mitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranchni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlash to`g`risida”gi Farmoni.

1 sentabr - Toshkent shahrida Xalqaro olimpiya shuhrati muzeyining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

18 oktabr - Toshkent shahrida Temuriylar tarixi Davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

18 oktabr - Samarqand va SHahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi.

24 oktabr - Toshkent shahrida “Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o`rni” mavzuida xalqaro anjuman bo`lib o`tdi.

31 oktabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining inson xuquqlari bo`yicha milliy markazini tuzish to`g`risida”gi Farmoni.

6 dekabr - Prezident I.Karimov 1997 yilni “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi.

13 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekistonningyangi tarixi” kitobini nashrga tayyorlash va nashr etish to`g`risida”gi Qaror qabul qilindi. 

Tepaga

1997 yil

7 yanvar - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha “Umid” jamg`armasini tashkil etish to`g`risidagi Farmoni e’lon qildi.

10 yanvar - Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikalari o`rtasida Abadiy do`stlik SHartnomasi imzolandi.

23 yanvar - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Kamoliddin Behzod nomidagi Badiiy akademiyasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni.

21 fevral - Vazirlar Mahkamasining “Abdulhamid Sulaymon o`g`li - CHo`lponning 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi Qarori.

10 mart - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy Dasturini ishlab chiqish to`g`risida”gi Farmoni.

20 mart - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotini tashkil qilish to`g`risida”gi Farmoni.

24 aprel - “Inson xuquqlari bo`yicha vakillik (ombudsmen) to`g`risida”gi Qonun.

16 may - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqiyot kafolatlari” kitobi bosmadan nhiqdi.

22 avgust - Buxoro neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushdi.

15 sentabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Markaziy Osiyo -yadro qurolidan holi zona” xalqaro anjumanda qatnashdi.

6 oktabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to`g`risida”gi Farmoni.

1 noyabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni.

27 noyabr - Vazirlar Mahkamasining “Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to`g`risida”gi Qarori.

5 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5 yilligiga bag`ishlangan majlisda Prezident I.Karimovning taklifiga binoan 1998 yil “Oila yili” deb e’lon qilindi.

25 dekabr - O`zbekiston Respublikasining “Qishloq xo`jalik korxonalarini sanatsiya qilish to`g`risida”gi Qonuni. 

Tepaga

1998 yil

13 yanvar - Vazirlar Mahkamasining “Alpomish” dostoniyaratilganligining 1000 yilligini nishonlash to`g`risida”gi Qarori.

2 fevral - Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori.

24 fevral - Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to`g`risida”gi Qarori.

18 mart - Prezidentning “1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo`jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to`g`risida”gi Farmoni.

28 mart - Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining mintaqaviy integratsiyaniyanada chuqurlashtirish to`g`risidagi Bayonoti e’lon qilindi.

22 aprel - Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xo`jaliklari faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori.

29 aprel - O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O`tkir Sultonov MDH mamlakatlari hukumat rahbarlari Kengashining Raisi etib tayinlandi.

30 aprel - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Er kodeksi”, “Qishlok xo`jaligi kooperativi (kooperativ xo`jalik) to`g`risida”gi, “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi, “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi Qonunlarni qabul qildi.

1 may - Prezident o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”giyangi tahrirdagi Qonunga imzo chekdi.

6 may - O`zbekiston Respublikasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotiga (OISA) a’zo bo`ldi.

13 may - Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida o`rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori. 

1991    1992     1993    1994     1995    1996     1997    1998

Tepaga

 

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov.'UzProgress' asosiy varaq

Web master: Umrbek & Shodlik

Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru

Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001

ХоÑтинг от uCoz