'UzProgress' asosiy varaqUzProgress

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar va elchilar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

 

UzProgressga hush kelibsiz!

Bu saytni yaratishdan maqsad Internet ga o`zbekcha sayt chiqarish hamda barcha qiziquvchilar uchun O`zbekistondagi muhim voqealar to`g`risida, uning o`tmishi va buguni haqida ma'lumot berishdir. Men bu sayt bilan O`zbekiston haqida iloji boricha qisqa va aniq malumotlarni berishga harakat qildim. Bu yerda mustaqillikdan keyingi muhim sanalar va voqealar yillar bo`yicha berilgan, Prezidentimiz haqida ma'lumot, O`zbekistondagi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, O`zbekistonning dilomatik aloqalari va boshqa ma'lumotlar berilgan. Kelajakda sayt dizaynini yaxshilash, informatsiyani yangilab turish va boshqa sohalar bo`yicha ham informatsiya taqdim qilish mo`ljallanmoqda. Mustaqillik bayramiga saytning ruscha va inglizchasini ham chiqaraman.

Sayt haqidagi talab va takliflaringiz (tanqid bo`lsa ham) bo`lsa, yozib yuboring.


O`zbekiston haqida ma'lumot

O`zbekiston Respublikasi O`rta Osiyoning markaziy qismida, Amudaryo va Sirdaryo daryolari oralig`ida joylashgan. Hududi - 447,4 ming km2. Respublika hududining uzunligi g`arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km. Aholisi - 24582800 kishi. Poytaxti - Toshkent shahri.

Tarkibi:

Qoraqalpog`iston Respublikasi

viloyatlar - 12

tumanlar - 157

shaharlar - 118


O`zbekiston to`g`risida UNESCO Bosh direktori Federiko Mayor:

"O`zbekiston Respublikasi naqadar jozibaliligini his etish uchun uning Xiva, Buxoro va albatta Samarqand singari mashhur shaharlarini borib ko`rishning o`zigina kifoya qilmaydi. Muhimi iste'dodli xalqning, Buxoroda tavallud topgan faylasuf Ibn Sino, shoir al-Buxoriy, matematik al-Xorazmiy va astronom al-Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning qalbiga quloq bera bilmoq kerak

1997 yilda Xiva va Buxoroning 2500 yilligining nishonlanayotgani bugungi kuno`tmishdan oziqlanishi to`g`risidago haqiqat tasdig`idir, ammo bugungi kun kelajakni oziqlantirishi uchun dunyodagi barcha madaniyat va xalqlar o`rtasida chinakam amaliy muloqot o`rnatilishi zarur"

  Hit Counter

 
Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov.'UzProgress' asosiy varaq

Web master: Umrbek & Shodlik

Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru

Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001

Хостинг от uCoz