'UzProgress' asosiy varaqPrezident

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar va elchilar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

 

Bu saytda siz hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug`niyevich Karimov, uning hayoti va faoliati, yozgan asarlari haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

I.Karimov asarlari    I.Karimov olgan mukofot va unvonlari

Islom Abdug`aniyevich Karimov

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Islom Abdug`anievich Karimov

Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan. Millati - o`zbek. Oliy ma'lumotli, O`rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo`jaligi institutlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo`lib ishladi.

1966 yilda O`zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o`tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o`rinbosarigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi.

1983 yilda I.Karimov O`zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O`zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o`rinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.

1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.

1990 yil 24 mart kuni O`zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea - O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi.

1991 yil 29 dekabrida muqobillik asosida o`tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1995 yil 26 martida bo`lib o`tgan umuxalq referendumi yakunlariga ko`ra I.Karmiovning Prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.

I.Karimov oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova - iqtisodchi ilmiy xodim.

I.Karimov suveren va mustaqil O`zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik xuquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta'minlash ishiga qo`shgan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko`rsatganligi uchun “O`zbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik” va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan.

I.Karimov O`zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a'zosi. Ayni paytda u to`qqiz horijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademikligiga saylangan.

O`zbekiston xalqi quyidagi yutuqlarni xaqli ravishda I.Karimov nomi bilan bog`laydi:

- Davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash;

- Demokratik, xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi;

- O`z taraqqiyot yo`lini aniqlab olish, bozor islohotlarini muvaffaqiyatli o`tkazib borish;

- Kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi;

- Jamiyatning ma'naviy yangilanishi;

- madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish;

- insoniyat, jamiyat kelajagi bo`lgan sog`lom avlod uchun kurash;

- mamlakat xalqaro obro`-e'tiborining oshishi, jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi;

- siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo hamjihatlikning saqlanib turishi.

Tepaga


PREZIDENT ASARLARI

1992 yil

I.Karimovning “O`zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo`li” kitobi chiqdi.

I.Karimovning “O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat” kitobi chiqdi.

I.Karimovning “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati” kitobi chiqdi.

1994 yil

I.Karimovning “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” kitobi chiqdi.

1995 yil

I.Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobi chiqdi.

I.Karimovning “O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” kitobi chiqdi.

1996 yil

I.Karimovning “O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” kitobi bosmadan chiqdi.

I.Karimovning “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” kitobi nashr etildi.

I.Karimovning “Bunyodkorlik yo`lidan” kitobi chiqdi.

I.Karimovning “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari” kitobi chiqdi.

1997 yil

I.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobi chiqdi.

1999 yil

I.Karimovning “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” kitobi chiqdi.

Tepaga


I.Karimov olgan mukofot va unvonlari

1992 yil 16 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga Koxira “Al-Axzar” universitetining faxriy doktori unvoni berildi. Bu unvon I.Karimovga islom dinini himoya qilish va diniy oliy o`quv yurtlari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

1993 yil iyun - Prezident I.Karimov o`zbek-amerika munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasi uchun Nyu-Jersi shtatining faxriy fuqarosi etib saylandi.

1995 yil 25 yanvar - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Kaliforniya Fan, ta'lim, ishlab chiqarish va san'at xalqaro Akademiyasining faxriy a'zosi etib saylandi. Bu unvon Prezidentimizga O`zbekistonda tinchlikni saqlash va millatlararo kelishmovchiliklarni bartaraf etishdagi ko`rsatgan xizmatlari uchun berildi.

1995 yil 6 fevral - Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo`mitasining qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga tantanali ravishda Olimpiya oltin ordeni topshirildi.

1996 yil 7 may - Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) O`zbekiston Respublikasi Prezidentini O`zbekistonda intellektual mulk himoyachisi sifatida e'tirof etib, I.Karimovni Jahon intellektual mulk tashkiloti Oltin medali bilan taqdirlash haqida Qaror qabul qildi. I.Karimov jahon davlatlari orasida bu medal bilan taqdirlangan birinchi prezident bo`ldi.

1996 yil 27-28 may - Baku universitetida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga tantanali tarzda Baku universitetining faxriy doktori unvoni berildi.

1996 yil 29 may - Mamlakatimizda mehmon bo`lib turgan Jahon intellektual mulk tashkiloti rahbari Arpad Bogsh O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov bilan uchrashib, uni JIMT ning 7 maydagi I.Karimovni Oltin medal bilan taqdirlash haqidagi qarori bilan tanishtirdi va bu medalni I.Karimovga topshirdi.

1996 yil 29 avgust - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovni “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlash to`g`risida”gi Qarori.

Tepaga

 

Solnoma Prezident Diplomatik aloqalar Davlat ramzlari Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari Islohotlar O`zbek modeli Xorazm Ma'mun Akademiyasi

Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov.'UzProgress' asosiy varaq

Web master: Umrbek & Shodlik

Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru

Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001

ХоÑтинг от uCoz