| |
Bu saytda
siz jahonga "O`zbek modeli" sifatida tanilgan taraqqiyot yo`li bilan
tanishishingiz mumkin.
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga
o`tishdagi o`z yo`li - O`zbek modeli:
|
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda
urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish.
|
|
Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik,
chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan.
|
|
Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga
olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga
qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga
yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik korxonalar va mini-zavodlarni
ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz lozim.
|
|
O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning madaniyati va an'analarini
unutmasligimiz zarur.
|
|
O`zbekistonning geografik-siyosiy
joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas.
|
|
Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham
ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz
mumkin.
|
|
O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy
mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev
davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo
bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak.
|
|
Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz.
Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta mustaqillikning bir belgisidir.
|
|
Ijtimoiy ong va ijtimoiy psixologiya
masalasi. Odamlardagi Hamma narsa davlatniki degan aqidani, fikrni yo`qotishimiz,
mulkdorlar sinfini shakllantirishimiz kerak. Odam o`z shaxsiy mulkiga baribir boshqacha
munosabatda bo`ladi.
|
Xalqaro iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Chet davlatlar bilan qo`shma
korxonalar ko`paymoqda. UzDEUavto, Mersedens-Bents, Coca-Cola,
Sovplastital, Xorazm Maveraplast qo`shma korxonalari (qo`shma korxonalarni
sanayversak, ular bir oz joyni egallaydi) fikrimiz dalilidir. Bular O`zbekistonga xalqaro
hamjamiyatda ishonch baland ekanligini, O`zbek modeli o`zini oqlayotganligini
ko`rsatmoqda.
(O`zbek modeli to`g`risidagi ma'lumotlar Narzulla Jo`rayevning Agar
ogoh sen asaridan olindi)
Tepaga
|