Davlat ramzlari
|
|
Bu saytda siz O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlari to`g`risida ma'lumot olishingiz mumkin. Davlat bayrog`i Davlat gerbi Davlat madhiyasi Konstitutsiya O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi: ko`k rang - doim moviy osmonni, oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasini, yashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi, yarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi. O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga O`zbekiston deb yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. O`zbekistonda avval ham Konstitutsiyalar qabul qilingan edi (O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan). Lekin u konstitutsiyalarda xalq o`z taqdirini o`zi belgilash xuquqidan mahrum edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov shunday degan edi: Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko`p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo`lishiga bog`liq. Konstitutsiya Italiya, Frantsiya, Finlyandiya kabi davlatlar konstitutsiyalari tarixini o`rganib, bizga taalluqli joylari olib tuzildi. Bunda BMTning Xalqaro Inson xuquqlari bo`yicha hujjatlari va boshqa hujjatlardan ham foydalanildi. Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo`ydi. Shu bo`yicha tushgan barcha taklif, mulohazalar o`rganib chiqilib, Konstitutsiya loyihasiga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
|
Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov. Web master: Umrbek & Shodlik Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001 |